OFK O‘FAni 340 ming dollar jarimaga tortdi

  • 7 oktabr, 10:29
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) intizom qo‘mitasi O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasini 340 ming AQSh dollari miqdorida jarimaga tortdi. Bu haqda tashkilotning rasmiy saytida e’lon qilingan qarorda aytilgan.

Tecno

Jarima sababi sifatida 10 iyun kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida o‘tkazilgan O‘zbekiston – Qatar uchrashuvida bir qator reglament buzilishlari qayd etilgani ko‘rsatilgan.

Xususan, o‘yin tugaganidan so‘ng maydonga futbolchilar uchun mukofot sifatida olib kirilgan BYD rusumli avtomobillar asosiy sabab bo‘lgan. OFK reglamentiga ko‘ra, Jahon chempionati saralash uchrashuvlari davomida mezbon jamoa stadion hududida OFKning rasmiy homiylaridan boshqa brendlarni namoyon etmasligi shart.

OFK har bir saralash o‘yini uchun mezbonlarga ma’lum miqdorda mablag‘ ajratadi, buning evaziga ular barcha tijoriy talablarga rioya etishi kerak. Shuning uchun “Bunyodkor” stadionidagi bu holat reglament buzilishi deb baholangan.

Agar o‘sha kuni O‘FA avtomobillarni maydonga olib kirmay, futbolchilarga faqat ramziy tarzda kalitlarni topshirganida, bu jarima qo‘llanmasligi mumkin edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
07/10/2025 12:46
бу жаримани ташкилотчиларни рахбарларини хисобидан ундириш шарт! качонгача бир нечта ахмок рахбарни деб халк жабр куради?