
OFK kubogi. "Nasaf" - "Mohun Bagan" o‘yiniga hakamlar tayinlandi
Yaxshi bilasiz, bir necha kundan so‘ng Osiyo yashil maydonlarida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan vakilimiz "Nasaf" OFK kubogi navbatdagi bosqichidan o‘rin olgan bahsni o‘tkazadi. Ushbu uchrashuvni boshqarib boradigan hakamlar brigadasi ma’lum bo‘ldi.
"Sevimli jamoamiz OFK Kubogi doirasida 22 sentyabr kuni Qarshida Hindistonning nomdor jamoalaridan biri “Mohun Bagan” jamoasi bilan kuch sinashadi. Bellashuv 20:00 da boshlanadi.
Ushbu bellashuvni nazorat qilish suriyalik hakamlar brigadasiga ishonib topshirildi. Uchrashuv bosh hakami etib Hanna Hattab tayinlandi. Unga qanotlarda Ali Ahmad va Mazen Zazfunlar yordam berishadi. Zaxira hakami sifatida Masud Tufaelie ishlaydi. Hakamalar ishini falastinlik Mahyub Sodiq nazorat qilib boradi. Uchrashuv komissari etib quvaytlik Fahad Al Barrak tayinlangan",-deya xabar beradi "ajdarlar" matbuot xizmati.
Fikrlar