O‘FA totalizator va kelishilgan o‘yinlarga doir holat bo‘yicha barcha aybdorlarga keskin chora ko‘rilishini ma’lum qildi

  • 7 sentabr, 2022, 20:10
  • Javokhir Azimov
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining maxsus inspektsiya bo‘limi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda totalizator va kelishilgan o‘yinlarga doir holatlarni hamda barcha aloqadorlarni aniqlash yuzasidan tekshiruv ishlarini davom ettirmoqda.

Tecno

Ayni paytga kelib inspektsiya tomonidan bir qancha tasdiqlovchi materiallar aniqlanib, tegishli shaxslar ko‘rsatmalari olinyapti. Bu borada xalqaro tashkilotlarga so‘rovlar yuborildi. Hozirda to‘plangan ma’lumotlarga oid dalil-isbotlar o‘rganib chiqilmoqda va shundan so‘ng materiallar tegishli qo‘mitaga topshiriladi.

Afsuski, futbol ichidagi ba’zi nopok insonlarning shaxsiy manfaati yo‘lida amalga oshirayotgan bunday xatti-harakatlari futbolimiz obro‘siga salbiy ta’sir qilmoqda. Shu sababli, O‘FA barcha aybdorlar aniqlanib, ularga keskin chora ko‘rilishini ma’lum qiladi.

Jarayon va qarorlar e’lon qilib boriladi. O‘z navbatida, ushbu mavzu yuzasidan xolis va aniq ma’lumotlar asosida chiqishlar qilayotgan OAV hamda blogerlarga minnatdorchilik bildiramiz va ularning futbolga befarq esmasligini qadrlaymiz. Aksincha, ba’zi hollarda uchrayotgan, faktlarga asoslanmay, mavzuni chuqur o‘rganmay, taxmin va farazdan iborat yondashuv bilan jamoatchilikni chalg‘itishdan tiyilishga chaqirib qolamiz.

Bu holatlar muxlislar ishonchini qozonish va futbolimiz rivoji yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarga to‘sqinlik qilmasligi yo‘lida O‘FA rahbariyati bor kuch va imkoniyatini ishga soladi.

O‘FA matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
SAMARIDDIN AMUR GPZ UZB
07/09/2022 21:48
Pfl ni tozalash kerak
&
фанат.уз
07/09/2022 20:54
Футболни расво килтшади шекилли
&
Abrorm
07/09/2022 20:27
Koʻramiz qandey chora koʻrasiz!