Odilbek Hamrobekov: Muxlislar to‘la stadionda bosim? Yo‘q, biz huddi “Bunyodkor” stadionida bo‘lganidek muxlislardan energiya olib harakat qilamiz

  • 2 fevral, 2024, 13:53
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi chorak finalida Qatar bilan kuch sinashadi. Bugun o‘yin oldi matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda terma jamoamiz etakchilaridan biri Odilbek Hamrobekov ishtirok etdi. 

Tecno

- Turnirdagi navbatdagi o‘yinimiz amaldagi chempion va tajribali jamoaga qarshi bo‘ladi. Qatar tarkibida iqtidorli futbolchilar bor. Ular muxlislari qarshisida o‘ynaydi. Lekin biz tayyormiz.

Diyor Holmatov bilan klubda ham birga to‘p tepamiz. Uni juda yaxshi kelajak kutmoqda. Biroq men bilan o‘ynaydigan Otabek Shukurov va Diyor Holmatovni solishtirish to‘g‘ri bo‘lmaydi.

Ertangi bahsda jamoamiz bilan ba’zi nomlar emas, balki Qatarning barcha futbolchilariga jiddiy qarshilik ko‘rsatishga harakat qilamiz.

Qatar bilan bellashuvda ko‘plab muxlislar bo‘ladi. Jamoa bu bosimga qay darajada tayyor?

Stadionda muxlislar to‘la bo‘lsa bu yaxshi. Xuddi “Bunyodkor” stadionida o‘ynaganimizdek muxlislardan energiya olib, harakat qilamiz, - dedi Odilbek Hamrobekov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
+998934037982
02/02/2024 16:55
Endi Navbahor stadioni deyver.
Bunyodkor stadioniga damku
&
mirzohid1992
02/02/2024 14:12
Omad uzb
&
mirzohid1992
02/02/2024 14:12
Chunki bizda Bunyodkor stadioni bor