
Odil Ahmedov tarixiy o‘yin arafasida
Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionati 2-saralash bosqichi "D" guruhi 1-turida Falastin bilan kuch sinashadi. Mazkur o‘yinda jamoamiz sardori Odil Ahmedov ishtirok etadigan bo‘lsa tarixiy natija qayd etadi.
Odil Ahmedov terma jamoa safida hozircha rasmiy va o‘rtoqlik uchrashuvlarida 99 marta maydonga tushgan hamda 19 ta gol urgan. Agar bugun Odil Ahmedov Falastin bilan bahsda ishtirok etidigan bo‘lsa yubiley 100-o‘yinni o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, Ektor Kuper Falastinga qarshi bahs uchun jalb qilgan tarkibdan faqatgina Anzur Ismoilov Odil Ahmedovdan ko‘p o‘yin o‘tkazgan. Himoyachi 103 uchrashuvda maydonga tushib, 2 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan.
Fikrlar