
Odil Ahmedov: "Nitstsa"ga o‘tishim mumkin edi, ammo...
Faoliyatini Xitoyning “Shanxay SIPG” klubida davom ettirayotgan hamyurtimiz Odil Ahmedov Rossiyaning Izvestiya nashriga bergan intervyusida chin yurtiga ketishdan oldin unga Frantsiyaning “Nitstsa” klubidan ham takliflar bo‘lganini aytdi.
- Xitoyga ketishingizdan oldin sizga Evropadan, asosan Frantsiyadan takliflar bo‘lgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Bu rostmi?
- Ha, to‘g‘ri. “Nitstsa”ga o‘tish varianti ham bo‘lgan. Ammo, “Shanxay”dan bo‘lgan taklif meni ham, qolaversa o‘sha paytdagi jamoam - “Krasnodar”ni ham to‘liq qanoatlantirgan edi. Shuning uchun men faoliyatimni Xitoyda davom ettirishni tanlaganman.
Eslatib o‘tamiz, Odil Ahmedov 2016 yildan buyon “Shanxay SIPG” klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.
Fikrlar