OChL. "Nasaf" chorak finalga chiqdi!
- 24-ноябр 2025, 13:21
- Muhammadqodir Ruzmatov
- 0
- Futbol
Ayollar o‘rtasida Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichi o‘z nihoyasiga etdi. "B" guruhidan joy olgan "Nasaf" ("Sevinch") 2-o‘rinni egallab, chorak final yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Jamoa 3 tur davomida 1 g‘alaba, 1 durang, 1 mag‘lubiyat qayd etdi va 4 ochko jamg‘ardi. Ushbu guruhni peshqadam sifatida esa Xitoyning "Vuhan" klubi yakunladi.
"B" guruhidagi yakuniy holat:
1. "Vuhan" — 3 o‘yin, 7 ochko
2. "Nasaf" — 3 o‘yin, 4 ochko
3. "Ist Bengal" — 3 o‘yin, 3 ochko
4. "Bam Xatun" — 3 o‘yin, 3 ochko
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q