
OChL. "A" guruhida sensatsion natija qayd etildi
Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqich 6-turidan o‘rin olgan "Al-Hilol" - Al-Rayyan" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda qatarliklar 2:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Dastlab, 5-daqiqada Jan Xen Su hisobni ochgan bo‘lsa, 43-daqiqada Yoxan Boli farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi.
Shu tariqa, ikki jamoa ham 6 turdan so‘ng 13 to‘plashga muvaffaq bo‘ldi . Biroq to‘plar nisbati saudiyaliklar tomonida bo‘lgani uchun ular guruhda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar