Obameyang Bundesliga va APLda to‘purar bo‘lgan tarixdagi ilk futbolchiga aylandi

  • 13 may, 2019, 23:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi forvardi Per-Emerik Obameyang Angliya premer-ligasining yakunlangan mavsumida 22ta gol bilan to‘purar bo‘ldi.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, 29 yoshli gabonlik futbolchi bundan avval “Borussiya” Dortmund safida Germaniya Bundesligasida to‘purar bo‘lgan edi. E’tiborlisi, u shu tariqa APL va Bundesligada to‘purar bo‘la olgan tarixdagi ilk futbolchiga aylandi.

Ma’lumot uchun, Obameyang “Arsenal” safiga 2018 yilning yanvarida “Borussiya” Dortmunddan 64 mln evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Uning “kanonirlar” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!