
"Nyukasl"ning navbatdagi nishoni "Lester" futbolchisi
"Nyukasl" jamoasi transferlar oynasida ancha faol. Klub endi "Lester" yarim himoyachisi Yuri Tilemansni sotib olishni istamoqda.
Tilemans "tulkilar" rahbariyatiga "Arsenal"ga ko‘chib o‘tmoqchi ekanini aytgan. U "Nyukasl"ga o‘tib, tavakkal qilmoqchi emas.
Biroq "qarg‘alar"ning niyati jiddiy. Ular katta summa evaziga Belgiya terma jamoasi vakilini qo‘lga kiritishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Yuri o‘tgan mavsum APLning 32 bahsida 6 gol va 4 assist qayd etishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar