"Nyukasl"ga qarshi bahs Ederson uchun tarixiy bo‘ldi
- 5-март 2023, 07:30
- Oybek Yo’ldoshev
- 0
- Futbol
Angliya chempionatining 26-turida "Manchester Siti" o‘z uyida "Nyukasl"ni qabul qilib, raqib darvozasiga javobsiz ikkita gol urdi.
"Shaharliklar" darvozaboni Ederson ushbu o‘yinda APLda 100-bor darvozasidan gol o‘tkazib yubormadi va bunga 208 ta bahsda erishdi.
Oliy liga futboli tarixida bu natijaga faqat ikkita darvozabon Edersondan tezroq erishgan – Petr Chex 180ta o‘yinda va Pepe Reyna 198ta o‘yinda.
Eslatib o‘tamiz, 29 yoshli posbon "Manchester Siti"da 2017 yildan buyon o‘ynab kelmoqda.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q