Nursulton Ro‘ziboyev va Shara Bullet bir turnirda jang qiladi!
- 19-март, 08:36
- Javohir Malikov
- 0
- MMA
27 iyun kuni Ozarbayjonning Baku shahrida "UFC Fight Night" turniri bo‘lib o‘tadi.
E’tiborliisi, unda taniqli MMA ustasi, hamyurtimiz Nursulton Ro‘ziboyev (36-9-2-2 N/C) ham ishtirok etib, katta ehtimol bilan rossiyalik Andrey Pulyaev(10-4)ga qarshi jang qiladi.
Xuddi shu oqshomda Shara Bullet (16-1) Braziliya vakili Mishel Pereyra (32-14-2 N/C) bilan o‘zaro kurash olib borishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, Ro‘ziboyev oxirgi bor 2025 yil 17 may kuni "UFC Fight Night 265" turnirida Dastin Shtol’tsfusga qarshi oktagonga ko‘tarilib, hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongan edi. Sharabutdin esa Edson Barboza bilan grepplingda bahs olib borib, durrang natija qayd etdi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q