Nikolas Talyafiko: "Uning ketishiga hech kim tayyor emas"
Nikolas Talyafiko 38 yoshli hujumchi Lionel Messining terma jamoadan ketishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Leo terma jamoada 20 yildan beri o‘ynab keladi. Uning ketishiga hech kim tayyor emas. Messi bu qachon sodir bo‘lishini o‘zi hal qiladi. Ketgandan keyin u terma jamoa murabbiylar shtabida qolishi mumkin. Yoki u jamoada boshqarishi ham mumkin", - deya futbolchining so‘zlarini keltiradi "Goal" nashri.
Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi kelasi yozda Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadigan 2026 yilgi Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi. Argentina amaldagi Jahon chempioni hisoblanadi.



Fikrlar