Neymar “Santos”da qaysi raqamni oldi?

  • 1 fevral, 06:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

12 yillik tanaffusdan keyin yana faoliyatini o‘zini tarbiyalagan “Santos”da davom ettiradigan Neymar o‘ziga raqam tanladi.

Tecno

32 yoshli yulduz futbol qiroli Pele o‘ynagan 10-raqamni tanladi.

- Qirol Pele, sening istaging biz uchun qonun. Futbol taxti va  toji doim seniki bo‘ladi. Xotirang abadiy. Lekin 10-raqam...

“Santos” va jahon futboli uchun ahamiyati katta bo‘lgan 10-raqamli libosni kiyish men uchun sharaf. Sening afsonangni davom ettirish uchun qo‘limdan kelganini qilishga va’da beraman, qirol Pele, - dedi Neymar.

Neymar professional faoliyatini aynan “Santos”da boshlagan. 2009-2013 yillar davomida bu klubda 225 ta uchrashuv o‘tkazib, 136 ta gol va 64 ta assist muallifi bo‘lgan. Endi tajribali hujumchi bu statistikani davom ettirishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!