Neymar bosh murabbiy bilan janlashib qolgani fosh bo‘ldi...

  • 8 noyabr, 2024, 10:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Al-Hilol” rahbariyati ayni paytda Neymardan tezroq qutilish bo‘yicha ish boshlab yuborgan. Saudiyaliklar braziliyalik yulduzni yanvar oyidayoq jamoani tark etishini istayapti.

Tecno

Taniqli futbol agenti Paulu Barboza Neymarning “Al-Hilol” bosh murabbiyi Jorje Jezush bilan muammosi borligini oshkor qildi.

- Neymarning Saudiya Arabistonidagi faoliyati muvaffaqiyatli chiqmadi. Jarohatlar jiddiy to‘siq bo‘ldi. U moslasha olmadi. Bularning bari mojaro keltirib chiqardi.

Klub Neymar va bosh murabbiy Jezush o‘rtasida janjal bo‘lganini hech kimga oshkor qilmay yashirdi. Murabbiyni Neymarda futbol o‘ynash ishtiyoqi yo‘qligi qoniqtirmayapti. Ishtiyoqsizlik uning yurish-turishida namoyon bo‘la boshladi.

Endi Neymarning oldida ikki yo‘l bor: Braziliyaga qaytish yoki MLSda o‘ynash. Neymar faoliyatini “Santos”da tugatishni istaydi. Lekin bunga hali erta. Shu bois, u avval MLSdagi do‘stlari yoniga boradi va keyin u erdan Braziliyaga ketadi. Chunki Neymarni Lionel Messi o‘z jamoasida kutyapti, - dedi Paulu Barboza.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!