"Neftchi"ni ogohlantirildi

  • 3 oktabr, 13:31
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi qoshidagi Futbolchilar maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mitaning sentyabr oyi oxiridagi yig‘ilishida "Neftchi" klubining futbolchi Sardor Abduraimov hamda darvozabonlar murabbiyi Denis Ivankov oldidagi qarzdorliklari mavjudligi tasdiqlandi. Bu haqda O‘zPFL xabar berdi.

Tecno

Qo‘mita yig‘ilishi bayoniga ko‘ra, farg‘onaliklar Abduraimov oldidagi qarzdorlikni joriy yilning 10 oktyabr sanasiga qadar, Ivankovga to‘lanmay qolgan ish haqini esa joriy yilning 6 oktyabr kunigacha to‘lab berishi belgilangan. 

Klub tarafidan ushbu qarzdorlik o‘z vaqtida bartaraf etilmasa, unga nisbatan moliyaviy jarimalarga qo‘shimcha ravishda og‘irroq sport sanksiyalari qo‘llanilishi yuzasidan ogohlantirildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Qaxramonjon
03/10/2025 23:05
Карздорлик ёмон лекин НЕФТЧИ шунаканги майда- чуйдалар сабаб синиб колмасин , Фаррух Сайфиевга ухшаган футболчиларни йукотиб карздорликни ечинглар