
"Neftchi" bilan shartnomasi yakunlangan futbolchi "Navbahor"ga o‘tishga yaqin!
- 6-декабр 2024, 10:28
- Oybek Yo’ldoshev
- 0
- Futbol
Besh kun avval, aniqrog‘i 1 dekabr kuni "Neftchi" bilan shartnomasi yakunlangan Mirzohid G‘ofurov faoliyatini "Navbahor"da davom ettirishga yaqin.
36 yoshli himoyachi "yo‘lbarslar" safiga aynan "Navbahor"dan kelib qo‘shilgan edi. Futbolchi faoliyati davomida "Mash’al", "Bunyodkor", klublarida ham o‘ynagan.
Ma’lumot uchun, G‘ofurov joriy mavsum Superligada 12 ta uchrashuvda ishtirok etdi - 9 bora asosiy tarkibda maydonga tushdi va yana 3 marta zaxiradan.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q