“Navbahor”ning sobiq ustozi Moskvaning “Spartak”ini boshqarmoqchi

  • 29 sentabr, 2022, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Navbahor” bosh murabbiyligini tark etganidan beri ishsiz yurgan Andrey Kanchelskis “Spartak” rahbariyati bilan jamoani boshqarish bo‘yicha muzokara o‘tkazishga tayyor ekanini bildirdi.

Tecno

- Rossiya premer-ligasida bosh murabbiy bo‘lib ishlashni istayman. “Spartak”da. Menga murojaat qilishsin, mamnuniyat bilan bu ishni muhokama qilamiz.

Hammamiz gapirishni yaxshi ko‘ramiz. Aniq ish bo‘lishi kerak. Agar “Spartak”dan taklf bo‘lsa, men tayyorman. Ayni paytda xorijdaman va bir klub bilan muzokara qilyapman, - dedi Andrey Kanchelskis.

53 yoshli mutaxassis futbolchilik yillarida “Manchester Yunayted”, “Everton”, “Manchester Siti”, “Sautgempton”, “Fiorentina” kabi kuchli beshlik ligalari klublari sharafini himoya qilgan.

“Navbahor”da 2018-2020 yillar davomida ikki bor bosh murabbiylik qilganidan keyin iste’foga chiqarilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!