
“Navbahor”ning sobiq murabbiyi Ronalduni nimalar kutayotganini aytib berdi
- 2-декабр 2022, 12:02
- Zohir Toshxo’jayev
- 0
- Futbol
“Navbahor” bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilganidan beri ishsiz yurgan Andrey Kanchelskis Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduga Saudiya Arabistonidan bo‘layotgan chorlovga munosabat bildirdi.
Ma’lumki, “An-Nassr” klubi 37 yoshli hujumchiga 2,5 yarim yillik shartnomasi va har mavsum uchun 200 million evro pul taklif qilyapti.
- Ronalduga endi katta klublardan taklif bo‘lmaydi. Ertami-kechsi Ronalduning davri ham yakunlanadi. Shunday bo‘lsa-da, boshqa joylarga o‘ynagani ketadi. U futbolni yaxshi holatda tugatadi. Saudiyada o‘ynashning nimasi yomon?, – dedi Andrey Kanchelskis.
Ronaldu jahon chempionatida o‘ynayotganlar orasida jamoasi bo‘lmagan yagona futbolchi hisoblanadi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q