
"Navbahor" klubining FIFA qarori bo‘yicha bayonoti
“Navbahor” PFK FIFAning Futbolchilar maqomi bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan 2021 yil 25 avgust kungi “Navbahor” klubi va Andrey Kanchelskis ishi yuzasidan qabul qilingan FPSD-256-sonli qarori bo‘yicha quyidagilarni bildiradi:
- FIFAning Futbolchilar maqomi bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan 2021 yil 25 avgust kungi “Navbahor” klubi va Andrey Kanchelskis ishi bo‘yicha qabul qilgan FPSD-256-sonli qarori HALI QONUNIY KUChGA KIRMAGAN.
- “Navbahor” PFK ushbu qaror qaysi asoslarga ko‘ra qabul qilingani bo‘yicha xabardor qilinmagani sababli, tegishli tartibda e’tiroz (shikoyat) yo‘llaydi.
- “Navbahor” PFK FIFA qabul qilgan mazkur qarorning asoslovchi (motivirovochnyy) qismini hali olmagan, qarorning nima sababdan bunday ko‘rinish olganidan bexabar. Qachonki, mazkur qaror yuzasidan asoslovchi sabablar ko‘rsatilib, jarayondan to‘liq xabardor bo‘lganimizdan keyin, ushbu qarorga e’tiroz bildiriladi.
P.S.: Futbol jamoatchiligi, xususan, mamlakatimizdagi sportga ixtisoslashgan nashrlardan bunday pallada shoshilinch xulosa chiqarmaslikni, mazkur vaziyatda har ikki tomon manfaatlarini nazarda tutgan holda, rasmiy hujjatlar qonuniy kuchga kirgandan keyin, shunga ko‘ra munosabat bildirishni so‘rab qolamiz. Chunki, har qanday yanglish xulosa ta’sirida qilinadigan turli (jumladan, provokatsion xarakterga ega) chiqishlar (xabar, maqola, so‘rov) futbol jamoatchiligida noto‘g‘ri fikr shakllanishiga olib kelishi mumkinligini inobatga olish darkor.
"Navbahor" matbuot xizmati.
Fikrlar