
"Navbahor" bosh murabbiyi koronavirusdan so‘ng o‘zini qanday his qilayotganini aytdi
“Navbahor” bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis koronavirusdan davolangach o‘zini qanday his qilayotgani haqida "SE" nashriga ma’lum qildi.
“Asta-sekin tiklanyapman, hozir o‘zimni yaxshi his qilyapman va nafas mashqlarini bajaryapman. Men har kuni boradigan sauna va basseynlar taqiqlangan. Yana bir necha hafta dorilar ichishim kerak va shundan so‘ng jismoniy faoliyatga ruxsat berilishi mumkin”, - deydi rossiyalik mutaxassis.
Kanchelskis boshqaruvidagi “Navbahor” Superliga musobaqa jadvalida 22 ochko bilan 7-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar