Myuller: "Virtsga "Bavariya"da o‘ynash "Liverpul"ga qaraganda osonroq bo‘lar edi"
- 24-декабр 2025, 21:46
- Bilolbek Imomov
- 0
- Futbol
"Bavariya"ning sobiq yarim himoyachisi Tomas Myuller Florian Virts uchun Myunxen klubida o‘ynash "Liverpul"ga nisbatan engilroq bo‘lar edi, degan fikrni bildirdi. O‘tgan yozda 22 yoshli xavbek "Bavariya" qiziqishiga qaramay, "Bayer"dan Angliya Premer-ligasi klubiga o‘tgan edi.
— Futbol nuqtai nazaridan u "Bavariya"ga moslashishni, albatta, osonroq o‘tkazgan bo‘lar edi. Chunki u o‘sha ligada qolgan bo‘lardi, — dedi Myuller "Süddeutsche Zeitung" nashriga bergan intervyusida.
Shu bilan birga, nemis futbolchisi Germaniya terma jamoasi o‘yinchilariga nisbatan ommaviy axborot vositalari tomonidan ko‘rsatiladigan katta e’tiborga ham ishora qildi, ayniqsa "Bavariya"da ishlar unchalik yaxshi ketmayotgan paytlarda.
— Sen doim diqqat markazida bo‘lasan, — deya qo‘shimcha qildi hozirda "Vankuver Uaytkeps" safida to‘p surayotgan Myuller.