
MYu yana Risharlisonga qiziqish bildira boshladi
- 27-декабр 2019, 21:31
- Baxtiyorjon Toshtemirov
- 0
- Futbol
"Manchester Yunayted" klubi "Everton" vingeri Risharlisonga yana qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 22 yoshli braziliyalik futbolchi “qizil iblislar”ning yaqin 2 ta transfer oynasidagi asosiy transfer nishoniga aylanadi.
Ma’lumot uchun, Risharlison joriy mavsum “Everton” safida 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va 8 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning “irischilar” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan, transfer narxi esa 60 mln evroga baholanmoqda.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q