
MYu futbolchisi 2019 yilda boshqa maydonga tushmaydi
"Manchester Yunayted" klubi himoyachisi Erik Bayi uzoq muddatga safdan chiqdi.
The Sun nashri tarqatgan xabarga qaraganda 25 yoshli futbolchining sog‘ayishi kutilganidan sekinroq kechmoqda. Shu bois u 2019 yilda boshqa maydonga tushmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Bayi joriy yilning avgustida tizzasidan olgan jarohati bois operatsiya qilingan edi. Dastlab shifokorlar uni 4 oyda safga qaytishini taxmin qilishgan edi.
Fikrlar