Murod To‘ychiboev: "Oq-tepa" jamoaviy o‘yin evaziga g‘alaba qozondi"

  • 18 mart, 2019, 17:19
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PFL Kubogi - 2019 musobaqasining chorak finalidan o‘rin olgan "Zomin" - "Oq - tepa" (1:2) uchrashuvidan so‘ng, toshkentliklar himoyachisi Murod To‘ychiboev Sports.uz internet portaliga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

- Bugungi o‘yin biroz qiyin bo‘ldi. Bunga sabab "Zomin" jamoasi anchadan beri PRO - ligada muntazam o‘ynab kelayotgani va tajribasi borligi deb o‘ylayman. Birinchi bo‘limda "Oq-tepa"da gol urish uchun ko‘plab imkoniyatlar bo‘ldi. Biz esa shundan atiga 1tasini golga aylantira oldik.

- Sizningcha, "Oq-tepa" nimaning evaziga g‘alaba qozondi?

- Murabbiyimizning bergan to‘g‘ri ko‘rsatmalarining evaziga deya olaman. Biz penaltilar seriyasiga ham tayyor edik. Bunga qadar murabbiy ko‘rsatmasiga binoan, jamoaviiy o‘yin namoyish qilib, o‘z maqsadimiz sari intilikd va yakunda qo‘shimcha bo‘limda g‘alaba to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘ldik.

- Jamoangizning ushbu musobaqada ishtirok ettishidan asosiy maqsadi nimadan iborat?

- Biz bir maqsad sari intilmoqdamiz. Bu turnirda ajoyib o‘yinlar namoyish etish va "A" guruxiga beriladigan yo‘llanmani qo‘lga kiritishdir. Shu orqali biz "Oq-tepa"ning avvalgi mavqeini tiklash niyatidamiz.

- Endilikda "Oq-tepa" finalga yo‘llanma olish uchun yana bir muhim bahsda ishtirok etadi. Yarim finalda "Yangier" bilan bahs bo‘lib o‘tadi. Ushbu o‘yin oldidan qanday fikrdasiz?

- Qiziqarli o‘yin bo‘ladi. Biz bu o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz va g‘alaba qozonish uchun harakat qilamiz. Ishonamanki, "Oq-tepa" mazkur o‘yinda "Yangier" ustidan g‘alaba qozona oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!