
Muriel MLS chempionatiga yo‘l oldi
"Atalanta" hujumchisi Luis Muriel faoliyatini MSL chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi. Uni "Orlando Siti" o‘z tarkibiga qo‘shib olishga yaqin turibdi.
Insayder Matteo Maretto xabar berishicha, AQSh klubi hujumchi bilan og‘zaki kelishuvga erishgan va Muriel tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun jo‘nab ketadi. Kolumbiyalik futbolchi 3 yillik shartnomaga qo‘l qo‘yishi kutilmoqda.
Luis faoliyati davomida ko‘plab klublarda to‘p tepdi. 2019 yilda "Sevilya"dan "Atalanta"ga 21 million evro evaziga o‘tgandi. Shundan keyin strayker bergamoliklar uchun 168 ta o‘yinda maydonga tushib, 68 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
32 yoshli hujumchi uchun katta ehtimol bilan Evropa eshiklari yopildi.
Fikrlar