Murabbiy: “Real”ning shu yulduzini qayratga olgan bo‘lardim

  • 29 sentabr, 14:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichning 30 sentyabrga belgilangan ikkinchi turida “Real” futbolchilari Qozog‘iston chempioni “Qayrat” mehmoni bo‘ladi.

Tecno

“Qayrat” bosh murabbiyi Rafael Urazbaxtin jurnalistlar bilan muloqotda agar imkon bo‘lganida “Real”da o‘ynagan qaysi futbolchini o‘z jamoasiga qo‘shib olishini ma’lum qildi.

 - Agar “Real” tarixidagi o‘yinchilardan birortasini olish mumkin bo‘lganida Zinedin Zidanni tanlar edim, - dedi Rafael Urazbaxtin.

 Eslatib o‘tamiz, frantsiyalik mashhur yulduz futbolchilik faoliyati davomida 2001-2006 yillar davomida “Real” sharafini himoya qilib, butsalarini aynan Madridda mixga ilgan. Keyinchalik Zinedin Zidan “Real”ni ikki marta bosh murabbiy sifatida boshqarib, Ispaniya chempionatida g‘olib chiqqan. Bundan tashqari, shogirdlari bilan uch marotaba Evropa Chempionlar ligasi bosh  sovrinini  qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!