
Mujibillo Tursunov kambek qildi
Ayni vaqtda Tailandning Chiang May shahrida kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda.
Bugungi kun doirasida, 67 kg da ishtirok etayotgan Mujibillo Tursunov mezbonlar bokschisi Bunjong Sinsiri bilan o‘zaro jang qildi. Dastlabki raundda raqibiga imkoniyat berib qo‘ygan Mujibillo 3-raundda barchasini o‘zgartirib yubordi. Tailandlik sportchi jaroxati tufayli jangni davom ettira olmadi va g‘alaba hamyurtimizga berildi. Endi bokschimiz finalda Qozog‘iston vakili Bekbauov Dulat bilan bahs olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, birozdan keyin Havasbek Asadullaev mo‘g‘ilistonlik Byamba-Erdene Otgonbaatarga qarshi ringga ko‘tariladi.
Fikrlar