Mourinoga yoqadigan gap bo‘ldi
- 11-ноябр 2021, 16:15
- Zohir Toshxo’jayev
- 0
- Futbol
“Jenoa”ning yangi bosh murabbiyi Andrey Shevchenko Genuya klubidagi ilk rasmiy uchrashuvini 21 noyabr kuni Joze Mourino boshchiligidagi “Roma”ga qarshi o‘tkazadi.
Ukrainalik mutaxassis bo‘lajak o‘yin to‘g‘risida gapirib, portugaliyalik mutaxassisni maqtadi.
- “Jenoa” bosh murabbiyi sifatida birinchi uchrashuvim Mourinoning “Roma”siga qarshi bo‘ladi. Men Jozeni qattiq hurmat qilaman. Uning kelishi Italiya futboliga ko‘p narsa berdi. “Roma” bilan bo‘ladigan to‘qnashuvda biz o‘zimizga ko‘proq ishonishimiz kerak. Men klub bilan aloqam uzoqroq davom etishi uchun qo‘limdan kelganini qilaman, - dedi Andrey Shevchenko.
Ukraina futbolining eng yorqin namoyandalaridan bo‘lgan Andrey Shevchenko 2016-2021 yillar davomida Ukraina terma jamoasini boshqardi. Bu mutaxassis Evropa chempionati chorak finalida Angliya terma jamoasiga 0:4 hisobida boy berilgan uchrashuvdan so‘ng terma jamoani topshirdi. Uning qo‘l ostida ukrainaliklar 52 ta uchrashuvdan 25 tasida safar quchgan.