
Mourino Shomurodovni mag‘lubiyatda aybladi!
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino A Seriya 21-turidan o‘rin olgan "Yuventus"ga (3:4) qarshi o‘yin borasida fikr bildirdi.
70 daqiqa davomida o‘yinni to‘liq nazorat qildik. Jamoa juda zo‘r o‘ynadi. Biroq 70-daqiqadan so‘ng psixologik nosozlik ro‘y berdi. Afena-Gyan ajoyib o‘yin o‘tkazdi, lekin uni almashtirgan futbolchi (Eldor Shomurodov) hammasini noto‘g‘ri qildi.
Biz raqibga hisobni 2:3 qilishiga imkon bermasligimiz kerak edi. Turin klubi kuchli xarakterga ega jamoa ekanligini yana bir bor isbotladi.
Mag‘lub bo‘layotgan paytingizda, oyoqqa turishingiz va xarakter ko‘rsatishingiz zarur. Ammo bizning kiyinish xonamizda juda bo‘sh va zaif insonlar bor.
Agar o‘yin 70-daqiqada yakunlanganida, bu uchrashuv biz uchun ajoyib bo‘lardi. Afsuski, unday emas", - dedi Mourino
Fikrlar