
Mourino shogirdi Ronalduni mensimandi...
Jahon futbolining eng zo‘r murabbiylaridan hisoblangan Joze Mourino futbol tarixidagi eng zo‘r uch nafar futbolchi nomini aytdi.
Portugaliyalik mutaxassis dunyo futbolida argentinalik ikki afsona Lionel Messi va Diego Maradona, braziliyalik uch karra jahon chempioni Pelening o‘rnini yuksak baholadi.
- Men uchun jahon futbolida Messi, Pele va Maradonadan zo‘ri yo‘q, - dedi Joze Mourino.
Ko‘pchilikni Mourino o‘z hamyurti va “Real”da ustozlik qilgan shogirdi Krishtianu Ronalduning nomini tilga olmagani hayron qoldirdi.
Krishtianu Ronaldu jahon futbolida rasmiy uchrashuvlarda eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanadi. Hozircha, 39 yoshli hujumchi raqiblar darvozasini 917 marotaba ishg‘ol qilgan va uning har bir goli yangi rekorj natija bo‘lib hisoblanaveradi.
Fikrlar