
Mourino “katta o‘yinchi”ga og‘iz soldi
PSJni qabul qilib olgan Kristof Galte kelasi mavsumda bir necha o‘yinchidan voz kechishga qaror qilgan.
Ular orasida jamoaga o‘tgan yili qo‘shilgan va ungacha “Liverpul”da porlagan Jorjino Veynaldum ham bor.
Joze Mourino niderlandiyalik yarim himoyachini Rimga chorlamoqda. “Roma” rahbariyati bu transferni o‘yinchini ijaraga olish orqali amalga oshirishga urinyapti. Qolaversa, Parij klubi Jordinoning yarim maoshini to‘lashiga to‘g‘ri keladi.
Veynaldum o‘tgan mavsumda jami 38 ta uchrashuvda qatnashib, uchta gol va ikkita assist qayd etdi. O‘yinchining o‘zi ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun boshqa klubga ko‘chib o‘tishni mo‘ljallayapti.
Fikrlar