
Mourino Beyl qachon maydonga tushishini aytdi
“Tottenxem” bosh murabbiyi Joze Mourino yana jamoaga qaytgan Garet Beyl qachon maydonga tushishi haqidagi savolga javob berdi.
“Garet qachon jarohatidan sog‘ayishini bilmayman. Men biladigan yagona narsa bu katta motivatsiya. U bu erga qaytganidan chin yurakdan xursand. Agar futbolchida motivatsiya bo‘lsa, tiklanish jarayoni tezlashishi mumkin”, - deydi portugaliyalik mutaxassis.
31 yoshli Beyl 2007-2013 yillarda “Tottenxem” safida to‘p surgan. Shundan so‘ng “Real”ga ko‘chib o‘tgan.
Fikrlar