
Mourino aslida muloyimmi?
Londonning "Tottenxem" klubi darvozaboni Ugo Loris jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Mourino - buyuk. U juda muloyim. Ommaviy axborot vositalari unga nisbatan noxolis munosabatda bo‘layotgan bo‘lishi mumkin, ammo u bilan har kuni muloqot qilish bu sharaf. U faoliyati davomida ko‘plab kuchli jamoalarni boshqargan. Joze katta tajribaga va ko‘plab sovrinlarga ega. Hamma undan o‘rganishi kerak bo‘lgan narsalar bor”, - deydi frantsiyalik posbon.
Ta’kidlash kerakki, Mourino “Tottenxem”ni 2019 yilning kuzidan buyon boshqarib kelmoqda. Loris esa 2012 yildan buyon “shporlar” sharafini himoya qilib keladi.
Fikrlar