
Moreyra va Jonatan Lukka "Paxtakor"dan ketdi
"Paxtakor" jamoasi Pedru Moreyra bilan shartnoma tugatilganini e’lon qildi.
"Pedru Moreyra va uning murabbiylar shtabi bilan hamkorlik to‘xtatildi.
Portugaliyalik murabbiy Pedru Moreyra hamda uning besh nafar yordamchilari bilan hamkorlik ikki tomon kelishuvi asosida bekor qilindi. Biz ushbu mutaxassislarning klubda olib borgan faoliyati uchun minnatdorchilik bildirib, ularning kelasi ishlarida omad tilaymiz.
Shuningdek, yarim himoyachi Jonatan Lukka bilan shartnoma ham bekor qilindi. U og‘ir jarohat sababli may oyida safdan chiqqandi", deyiladi klub matbuoti xabarida.
Fikrlar