
Morata "Atletiko"ga kerak emas!
Mavsumni “Yuventus” safida ijarada o‘tkazayotgan ispaniyalik hujumchi Alvaro Morataning kelajagi so‘roq ostida qolmoqda. Bu haqda TodoFichajes nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, "keksa sinora" 29 yoshli futbolchini tarkibda saqlab qolishi mumkin, faqat buning uchun "Atletiko" uning 35 million evrolik transfer narxini kamaytirishi lozim.
"Matraschilar" Moratani ortga qaytarishni rejalashtirmayapti. Shu sababli, futbolchining Italiyada qolish ehtimoli bor.
Alvaro Morata joriy mavsum "Yuventus" safida jami 14 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 4 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar