Moҳidil Oʻktamova – jahon chempioni!
- 17-апрел, 18:05
- Javohir Malikov
- 0
- Yakkakurashlar
"Olimpiya shaharchasi"da joylashgan Yakkakurash sport majmuasida taekvondo WT bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatining so‘nggi kun bahslari boshlandi.
Qizlar o‘rtasida -63 kg vazn toifasidagi vakilamiz Mohidil O‘ktamjonova hal qiluvchi bosqichgacha yetib borib, finalda italyalik Sofiya Frassika bilan jang qildi. Quvonarlisi, ushbu bahsda Mohidil O‘ktamjonovaning qo‘li baland kelib, Jahon chempionatida terma jamoamiz hisobiga navbatdagi oltin medalni taqdim etdi.

Shu tariqa, musobaqani 6 ta medal bilan nihoyasiga yetkazdik: 2 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medali mavjud. Bu haqida O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi xabar bermoqda.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q