Modrichning "Real"dan ketishiga Ronadu va Benzema munosabat bildirdi
- 22-май 2025, 20:50
- Karim Xudayqulov
- 0
- Futbol
Luka Modrich mavsum yakunida "Real Madrid"ni tark etishini e’lon qildi. Klubning afsonasiga aylangan futbolchini ketishiga u bilan birga "qaymoqranglilar" safida elkama-elka harakat qilgan Krishtianu Ronaldu va Karim Benzema o‘z munosabatlarini bildirdi.
Ronaldu: "Hammasi uchun rahmat, Luka! Klubda sen bilan birga ko‘p lahzalarni baham ko‘rish men uchun sharaf edi. Keyingi barcha ishlaringda muvaffaqiyatlar tilayman."
Benzema: "Rahmat, katta rahmat, qanday ajoyib o‘yinchi, abadiy 10 raqam sizniki"
Ma’lumot uchun, ular bir necha yil davomida "Real"da o‘ynashgan. Ayni paytda Ronaldu Saudiyaning "An-Nasr", Benzema esa "Al-Ittihod" jamoasi sha’rafini himoya qilmoqda.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q