
Modrichning jarohati qanchalik xavfli? U "el-klassiko"gacha qaytadimi?
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich Xorvatiya terma jamoasida safida jarohat oldi.
Avval xabar qilinganidek, 37 yoshli yarim himoyachi "Real"ning Ispaniya chempionati doirasidagi "Osasuna"ga qarshi navbatdagi o‘yinini o‘tkazib yuborish xavfi bor edi. Bugun futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va taxminlar o‘z tasdig‘ini topdi. Jurnalist Melxor Ruizning so‘zlariga ko‘ra, Modrich Chempionlar ligasi doirasidagi "Shaxtyor"ga qarshi bo‘lajak o‘yinda ham maydonga tusha olmaydi, ammo u "Barselona" bilan 16 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan printsipial bahs oldidan maydonga qaytishga ulguradi.
Luka Modrich joriy mavsumda "Real" Madrid safida barcha turnirlar doirasidagi 9 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 ta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar