
MMA yulduzining boksdagi sayohati tugadi
Yarim yillik boksga qilgan sayohatidan so‘ng MMA yulduzi Xorxe Masvidal yana oktagonga qaytishini e’lon qildi.
"Keyingi yili ya’ni 2025 yilning mart oyida ona shahrim - Mayamida jang qilaman. Raqib kim bo‘lishi muhim emas. Muhimi yana UFC da jang o‘tkazsam bo‘lgani", - dedi Masvidal Bo Nikalning You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Xorxe Masvidal Kamaru Usman, Kolbi Kovington va Gilbert Byornsga uchralgan qator mag‘lubiyatlardan so‘ng aprel oyida UFC dagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgandi.
Fikrlar