
"Milan" tez orada muhim xabarni e’lon qiladi
"Milan" yaqin vaqtlar ichida shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibragimovich bilan shartnomani uzaytirganini e’lon qiladi.
"Rossonerilar" 39 yoshli shvetsiyalik futbolchi bilan 2022 yilning yozigacha shartnoma imzolaydi. Bu haqda italiyalik jurnalist Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Yangi kelishuvga ko‘ra, Ibragimovichning yillik maoshi 7 mln evroni tashkil etadi.
Zlatan joriy mavsum “Milan” safida jami 25 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda 17 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
“Milan” 32 turdan so‘ng A Seriya musobaqa jadvalida 66 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar