
"Milan" Menyan o‘rniga Gruziyadan nomzod topib qo‘ydi
Georgiy Mamardashvili faoliyatini "Milan"da davom ettirishi mumkin.
"Tuttosport" nashri xabariga ko‘ra, "rossonerilar" Mayk Menyan bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmasa, uni sotishi mumkin. Darvozabon yiliga 8 million evro maosh olish niyatida. Klub unga Rafael Leaudan ko‘proq (7) maosh to‘lab, boshqa futbolchilar o‘rtasida nizo keltirib chiqarishni istamayapti.
Menyan ayni damda 70-80 million evroga baholanmoqda. Agar "Milan" uni sotsa, uni o‘rniga gruziyalik posbonni olishi mumkin. U 40-50 millionga baholanyapti.
Fikrlar