"Metallurg"yana bir legioneri bilan xayrlashdi

  • 22 iyul, 2023, 07:13
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing barcha jamoalari singari Bekobodning “Metallurg” klubi ham ikkinchi davra bahslariga jiddiy hozirlik ko‘rmoqda. Vesko Steshevich etakchiligidagi futbolchilar qisqa ta’tildan keyin tayyorgarlikni asosan o‘z qarorgohida olib bordi.

Tecno

Har haftalik mashg‘ulotlar tsikli esa nazorat uchrashuvlari bilan intiho topdi. Dastlabki nazorat uchrashuvida Pro liga etakchilaridan biri “Lokomotiv” (Toshkent) bilan 1:1 hisobidagi durangga imzo chekilgan bo‘lsa, ikkinchi hafta yakunida “qaldirg‘och”larga qarshi o‘yin o‘tkazildi. Poytaxtimizdagi “Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonida o‘tgan uchrashuv 3:2 hisobida mehmonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ikkinchi davra arafasida "Metallurg" tarkibida juz’iy o‘zgarishlar bo‘lyapti. Onlayn translyatsiyani kuzatgan bo‘lsangiz, ayrim o‘yinchilarning tarkibda yo‘qligini ko‘rishingiz mumkin. Muqaddam, jamoa legioner o‘yinchilari Marko Obradovich, Filip Stamenkovichlar bilan do‘stona xayrlashilgani xabar qilingandi. O‘tgan hafta klubni yana bir xorijlik futbolchi – Vladislav Kasminin tark etdi. Yozgi transferdan foydalangan holda u faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishni ixtiyor etdi.

Mahalliy o‘yinchilardan Abduvohid Oxtoev, Arslonbek Bahromov, Akbar Abdurasulov, Asilbek Qayumov, Ibrohim Ibragimov, Abdujalil Manazarov, Rian Islamov, Ravshan Xayrullaevlarga ham boshqa jamoalarda faoliyat yuritishlariga ruxsat berildi. Ularning aksariyati bilan shartnoma muddati hali yakuniga etgani yo‘q. Faqat bekobodliklar tarkibida o‘yin amaliyotiga kam ega bo‘layotganliklari bois boshqa klublarda ijara asosida o‘ynash imkoniyati taqdim etildi. Ularning barchasiga "Metallurg"dagi faoliyatlari uchun minnatdorchilik bildiramiz, - deya xabar bermoqda, klub matbuot xizmati.

Ikkinchi davra uchun jamoa o‘z tarkibini kuchaytirish masalasini ham esdan chiqargani yo‘q. Ayni paytda bir qator tajribali, mahoratli o‘yinchilar jamoa yig‘inida qatnashyapti. Ularning aksariyati bilan kelishuvga erishilgan. Tez orada bu borada rasmiy xabar beriladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!