"Metallurg"ning Turkiya safari nihoyasiga etdi. Klubning natijalari qanday?

  • 17 fevral, 2022, 20:59
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Metallurg” matbuot xizmatining xabariga qaraganda, tayyorgarlikning uchinchi bosqichini Turkiyaning Antaliya shahrida o‘tkazgan bekobodliklar jamoasi bugun yig‘inni yakunlab, mamlakatimizga qaytadi.

Tecno

Belekda kechgan mavsumoldi mashg‘ulotlar samarali kechdi. Murabbiylar shtabi yig‘in davomida futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini maromiga etkazish, o‘yin amaliyotini shakllantirish borasida katta hajmdagi ishlarni amalga oshirishdi.

Jumladan, xorijning taniqli jamoalariga qarshi o‘tkazilgan ko‘rik nazorat uchrashuvlari bu borada qo‘l keldi, deyish mumkin. Luisma Ernandes etakchiligidagi jamoa ikki haftalik yig‘in mobaynida beshta o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Ulardan ikkitasida "Metallurg" g‘alaba qozongan bo‘lsa, ikkitasida durang o‘ynadi. Bitta o‘yinda esa imkoniyat qo‘ldan boy berildi.

"Metallurg" ertaga tongda Toshkentga etib keladi.

Quyida "Metallurg"ning Turkiya yig‘inidagi nazorat uchrashuvlari va ularda qayd etilgan natijalar bilan tanishing:

5 fevral. “Metallist” (Ukraina) - “Metallurg” (O‘zbekiston) – 1:2

Gollar: Shohnazar Norbekov, 17 – 0:1. Aleksandr Tsvirenko, 27 – 1:1. Farhod Bekmurodov, 45 – 1:2.

Amalga oshirilmagan penalti: Artur Murza (21, “Metallist”)

9 fevral. “Zarya” (Ukraina) - “Metallurg” (O‘zbekiston) – 2:2.

Gollar: Damir Temirov, 2-pen. – 0:1. Ergash Ismoilov, 83 – 0:2. Aleferenko, 87 – 1:2. Xlan, 90 – 2:2.

12 fevral. “Metallurg” (O‘zbekiston) - “Alashkert” (Armaniston) – 0:1

15 fevral. “Vayle U-19” (Daniya) - “Metallurg” (O‘zbekiston) – 1:3

Gollar: Shahzodjon Ne’matjonov (22, 82), Jasur Ashurov (57).

16 fevral. “Dila” (Gori, Gruziya) - “Metallurg” (O‘zbekiston) – 0:0.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!