"Metallurg" bosh murabbiyi: "Durang adolatli bo‘lardi"

  • 26 oktabr, 2024, 07:20
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superligada 22-tur o‘yinlari start oldi. "Metallurg" klubi safarda "Navbahor"ga qarshi bahs olib bordi va 0:1 hisobida engildi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Tecno

- Chetlatish ta’sir qildi. Raqib ehtiyotkor o‘ynadi. Yo‘q joydan gol o‘tkazib yubordik. "Navbahor" futbolchilariga bugungi g‘alaba ko‘proq kerak edi. Ularni tabriklayman. Mahorat o‘z so‘zini aytdi.

- "Navbahor" bir kishi kam bo‘lib qolganda ham taktikani o‘zgartirmadingiz? 

- Ustunlik raqibda emas edi. Biz keskinlik yaratdik, ammo vaziyatlarni zarbaga qadar olib bora olmadik. O‘ylashimcha, durang adolatli natija bo‘lar edi. Natija o‘yinga mos. Zaxiradan tushgan futbolchilar o‘yinni o‘zgartira olmadi. 

- Bugun "Metallurg"ning qaysi zonadagi o‘yinidan qoniqmadingiz?

- Birinchi navbatda hujum chizig‘idan. Bugun ular o‘z darajasidan pastroq harakat qilishdi. Juda ko‘p standart vaziyatlarga ega bo‘ldik, ammo hech narsa o‘xshamadi. O‘zgartirishga harakat qildik, ammo besamar ketdi.

- "Metallurg"ning Superligada qolishiga ishonasizmi?

Albatta, oxirigacha kurshamiz. "Lokomotiv" bizga sovg‘alar qilmoqda. Bundan foydalanishga intilamiz. So‘nggi turga qadar jang qilamiz. Agar bugun 3 ochko olganimizda, hammasi o‘z qo‘limizda bo‘lar edi. Afsus.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!