Messining qachon safga qaytishi ma’lum

  • 22 mart, 2024, 20:28
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Mushaklaridagi jarohat sabab Lionel Messi Argentina terma jamoasiga bormadi. Biroq Leo allaqachon mashg‘ulot o‘tkazmoqda.

"Diario Ole" nashri jurnalisti Ernan Klausning yozishicha, Messi "Inter Mayami"ning MLSdagi bo‘lajak "Red Bullz" va "Nyu-York Siti"ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi. 36 yoshli yulduz 4 aprel kuni KONKAKAF Chempionlar kubogi doirasida "Monterrey"ga qarshi uchrashuvda safga qaytishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Messining "Inter Mayami" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yil oxirigacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!