
Messining otasi o‘g‘lining qaysi jamoaga o‘tishini aytdi
Lionel Messi tez orada PSJ futbolchisiga aylanadi. Futbolchining otasi Xorxe La Sexta bilan suhbatda quyidagi so‘zlarni aytdi: "Ha, Leo bugun PSJ bilan shartnoma imzolaydi".
Insayder jurnalist Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, Messining vakillari chorshanba kuni transferni rasman e’lon qilish va matbuot anjumani tashkil etish haqida parijliklar bilan muzokara olib bormoqda.
Argentinalik futbol yulduzi tez orada Parijga uchib ketadi.
Eslatib o‘tamiz, Messi PSJga erkin agent sifatida o‘tmoqda. Uning yillik maoshi 35 million evroni tashkil etadi va u “2+1” ko‘rinishida shartnoma imzolaydi.
Fikrlar