
Messini oldik-ku, sen ham kelasan!
PSJ rahbariyati “Chelsi” bilan shartnomasini yangilashga shoshilmayotgan Antonio Ryudigerni o‘z safiga qo‘shib olishga ishonmoqda.
Hozircha, germaniyalik himoyachiga “Bavariya” asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Myunxenliklar unga “Chelsi”dan kam to‘lamasligi aniq. Qolaversa, har bir germaniyalik futbolchi uchun “Bavariya”da o‘ynash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jamoa safida Ryudiger har yili chempionlik unvonini qo‘lga kiritishi, Chempionlar ligasida bosh sovringa da’vogarlik qilishi mumkin.
Messini qo‘lga kirita olgan PSJ yana bir bor pul bilan ko‘p narsani hal qilsa bo‘lishini ko‘rsatib qo‘ymoqchi. “Chelsi” asosiy himoyachisining haftalik maoshini 130 mingdan 200 ming funtga ko‘tarishga og‘rinayotgan bir paytda, parijliklar Ryudigerga oyiga 1,6 million funt, ya’ni haftasiga 400 ming funt maosh va’da qilyapti.
Agar Ryudiger PSJ taklifini qabul qilsa jahon futboli tarixida eng katta maosh oladigan himoyachiga aylanadi.
Fikrlar