Messini AQShda kutishmoqda! MLSda Ronaldu va Messi tandemini ko‘ramizmi?

  • 31 avgust, 2021, 07:55
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

SPORTS.uz PSJ jamoasi a’zosi Leo Mesining MLSga ko‘chib o‘tishi haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritadi.

Tecno

Ikki yulduz "birlashadimi"?

"Inter Mayami" klubining rahbari Devid Bekxem argentinalik daho o‘zining futboldagi so‘nggi mavsumlarini MLSda o‘tkazishini istamoqda. Bu haqda jahonga mashhur "Mirror" nashri xabar bermoqda. Manba bergan ma’lumotga qaraganda, Beks allaqachon Leo Messi bilan shartnoma borasida muzokaralar olib borgan. U Messini jamoasida ko‘rish uchun barcha narsaga tayyor ekanligini ma’lum qilgan.

Bu paytga kelib, futbolchi Mayamida o‘zi uchun naqd 6 ta uy sotib oldi. Katta ehtimol bilan, futbolchilik faoliyatidan so‘ng qahramonimiz AQShda qolmoqchi. Unda MLSning egalaridan biri bo‘lish imkoniyati bor. Bir paytlar shunday yo‘l tutgan Devid hozir "Inter Mayami" jamoasi egasi sanaladi. Darvoqe, prezident Messi bilan cheklanib qolmay, o‘z klubiga Krishtianu Ronalduni ham taklif etmoqchi. Darhaqiqat, PSJ a’zosi o‘tgan yildayoq faoliyatini Qo‘shma Shtatlardan birida yakunlash haqida o‘ylayotganini ma’lum qilgan edi. Dekabr oyida bergan intervyusida, Leo AQShga ko‘chib o‘tish rejasida bor ekanligini yashirib o‘tirmadi.

rejiirejirej

"Mavsum yakunlangan bo‘lsa-da, kelajak rejalarim bilan o‘rtoqlashmoqchi emasman. Avval aytganimdek, kareramni AQShda davom ettirishni istayman. Ichki birinchilikdagi o‘yinlarda to‘p surib futboldan lazzat olgim kelyapti. Afsuski, bu niyatim amalga oshishini aniq bilmayman. Hech qachon murabbiylikka qo‘l urmayman. Uzoq borsa, sport direktori lavozimida ishlashim mumkin".

"Inter Mayami"da kimlar to‘p surmoqda?

Klub 2018 yilning 29 yanvar sanasida tashkil topdi. 2020 yilda jamoa ilk bor MLSda debyut qildi. Birinchi urinishda jamoa pley-offga qadar etib bordi, ammo undan nariga o‘ta olmadi. Hozirga kelib, jamoaning ligadagi ahvoliga havas qilib bo‘lmaydi. Ortda qolgan 19 o‘yindan so‘ng, "Inter Mayami" 11-pog‘onani egallab turibdi. Sharqiy konferentsiyadan pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun oldindagi 15-turda faqat g‘alaba qozonish talab etiladi.

Tarkibda bir nechta argentinalik futbolchilar bor. Himoyachi Xorxe Figal va Leandro Peres, hujumda Xuan Karransa, Federiko va Iguain to‘p surmoqda. Shuningdek, murabbiylar shtabida Klaudio Arsenio va Sebastyan Saxalarni uchratishimiz mumkin. Jamoani taniqli mutaxassis Fil Nevill boshqarib kelmoqda. Angliya ayollar terma jamoasi bilan yaxshi natija qayd etgan mutaxassis qo‘l ostida amaldagi JCh g‘olibi - Blez Matyuidi singari ijrochilar bor.

Kelajakka qadam

hrkthrohrt

MLS qonun qoidalariga ko‘ra, maoshi maksimumdan baland bo‘lgan futbolchilardan faqat 3 tasinigina klub ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. Bu qoida aynan Beks Shtatlarga ko‘chib kelganida kuch kirgan edi. Liga rahbarlari shu tariqa, klublarni ulkan nom egalarini chorlashga berilib ketib, moliyaviy og‘ir ahvolda qolmasligi ko‘zda tutilgan. Hozir "Inter Mayami"dagi limit to‘la. Pisarro (3,1 mln evro), Matyuidi (1,5 mln evro) va Iguain (5,1 mln evro) maosh olmoqda. Frantsuzning shartnomasi 2022 yilning 31 dekabr sanasida o‘z yakuniga etadi.

Bundan chiqdi, maoshi maksimumdan baland ikki yulduzni Devid bemalol o‘z jamoasiga olib kelishi mumkin. "Inter Mayami"ning yana bir egasi Xorxe Mas bildirgan fikrlarga e’tibor qarating:
"Biz klubimiz dunyo darajasidagi brendga aylanishi uchun hamma narsaga tayyormiz. Kerak bo‘lsa, Ronaldu va Messi tandemini ham hosil qilishimiz mumkin. Bugungi avlod ko‘z o‘ngidagi barcha zamonlardagi eng yaxshi futbolchilar uchun kurashga tayyormiz".

Darhaqiqat, biz uchun imkonsizdek tuyulgan voqelikka okeanortida allaqachon tayyorgarlik boshlangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!