Messi yoshlar o‘rtasida "Messi Kubogi" turniri tashkil qildi
- 15-октябр 2025, 13:08
- Muhammadqodir Ruzmatov
- 0
- Futbol
Argentina terma jamoasi va AQShning “Inter Mayami” klubi hujumchisi Lionel Messi yoshlar orasida “Messi Kubogi” turnirini tashkil qilishini e’lon qildi. Bu haqda futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Unga ko‘ra, musobaqa 9–14 dekabr kunlari Mayamida bo‘lib o‘tadi. Turnirda “River Pleyt” va “Nyuells Old Boyz”, shuningdek, “Inter Mayami”, “Barselona”, “Atletiko”, “Chelsi”, “Manchester Siti” va “Inter”ning U-16 jamoalari ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, Messi 2023 yildan beri MLSda o‘ynaydi. “Inter Mayami” safida u 81 ta uchrashuvda maydonga tushib, 68 ta gol urgan va 36 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q